Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarini hal etishda innovatsion yechimlar: Sun’iy intellektning o‘rni
2024-11-14 09:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Ostona shahrida CAREC (Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik) dasturi doirasida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiya iqlim o‘zgarishida sun’iy intellekt (AI)ning rolini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston va xususiy sektor vakillarini bir joyga jamladi. Unda “Uglerod chiqindilarini kamaytirish”, “Ob-havo sharoitlarini bashorat qilish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish” kabi mavzular bo‘yicha muhim muhokamalar o‘tkazildi.
Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova vazirlikning yangi qabul qilingan strategiyasi bo‘yicha ishtirokchilarga axborot berib o'tdi. Panel sessiya davomida iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda innovatsion yechimlarni joriy etish va bunda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish haqida muzokara olib borildi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda O‘zbekiston Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan: https://lex.uz/docs/7158604
Muhokamalarda sunʼiy intellekt imkoniyatlarini adolatli taqsimlash uchun texnologik taraqqiyotni huquqiy asoslar bilan uyg‘unlashtirish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, Qozog‘istonning suv toshqinlariga chidamlilik bo‘yicha tajribasi, Xitoyning innovatsion yetakchiligi va Qirg‘izistonning tabiiy ofatlarni boshqarishdagi yutuqlari o‘rganildi.









