Navoiy viloyati aholisi bilan sayyor qabul taşkil etildi
2026-11-12 15:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining Navoiy viloyati Navbahor tumani Beşrabot qörğonida aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor qabuli ötkazildi.
Uşbu sayyor qabulda Raqamli texnologiyalar vaziri Ş. Şermatov, Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş agentligi direktori D. Quryazov hamda Navbahor tuman hokimi A. Raşidov iştirok etdi.
Sayyor qabulda yoşlar hamda tuman aholisi vakillari qatnaşib, özlarini qiynayotgan muammolar, taklif va taşabbuslar bilan murojaat qildilar.
Xususan, yoşlar tomonidan raqamli texnologiyalar sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş, startap taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularni hayotga tatbiq etiş borasida takliflar bildirildi. Şuningdek, sayyor qabulga kelgan aholi vakillarining mobil aloqa sifati, internet xizmatlari hamda raqamli texnologiyalari, AT taʼlim masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Vazir har bir murojaatni örnatilgan tartibda alohida körib çiqib, ularning ijobiy yeçimini taʼminlaş maqsadida tegişli masʼul taşkilot va mutasaddilarga zarur topşiriqlar berdi. Murojaatlar ijrosini nazoratga oliş yuzasidan tegişli körsatmalar belgilandi.






