Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar
2026-11-11 18:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 12-noyabr kuni soat 10:00 da Navoiy viloyati Navbahor tumani "Yoshlar markazi" binosida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yigʻilishi oʻtkaziladi. Sizni mazkur sayyor qabulga taklif etamiz!

Yig’ilishda quyidagi masalalar yuzasidan oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- Internet xizmati;
- mobil aloqa;
- telekommunikatsiya;
- pochta xizmati;
- AT ta’lim va AT yo‘nalishidagi o’quv markazlari faoliyati;
- IT Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
- AT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
- sun’iy intellekt.
Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Sayyor qabul manzili: Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabot qo‘rg‘oni, "Yoshlar markazi" binosi
Murojaat uchun telefon:
+998 79 223-65-05
