Toshkentda “Women in Tech Leadership Forum” boʻlib oʻtadi
2026-10-05 22:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Oʻzbekiston va xorijiy davlatlardan yetakchilar, kompaniya asoschilari, soha ekspertlari hamda qaror qabul qiluvchi masʼul shaxslar ishtirok etadi.
Forum doirasida robototexnika, kosmik soha, taʼlim, strategik qarash, yetakchilik, sunʼiy intellekt, moliya, sogʻliqni saqlash va diplomatiya yoʻnalishlarida dunyoni oʻzgartirayotgan gʻoyalar muhokama qilinadi. Xususan, texnologiyalarning mehnat, taʼlim, boshqaruv va kundalik hayotga taʼsiri, bu jarayonda qarorlar kim tomonidan qabul qilinishi hamda kelajakni barpo etishda xotin-qizlarning oʻrni va roli masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur forum Toshkent shahrida ilk bor davlat idorasi maydonida tashkil etilmoqda.
Forum yakunida “Women in Tech CCA Awards” mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi. Unda Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasida salmoqli natijalarga erishgan xotin-qizlar hamda tashabbuslar taqdirlanadi.
Sana: 2026-yil 13-oktabr
Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Ishtirok etish bepul. Oʻrinlar soni cheklangan, oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
