“ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” boshlanishiga 1 kun qoldi!
2026-09-21 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Yigirma ikki yil davomida ushbu nufuzli tadbir milliy va xalqaro miqyosda raqamli transformatsiya, yangi AT-tashabbuslar hamda innovatsion yechimlarni muhokama qilishning asosiy muloqot maydoniga aylanib ulgurdi.
Ertaga yurtimiz hamda dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan yetakchi AT-kompaniyalar vakillari, investorlar, startaplar, davlat tashkilotlari mutasaddilari va soha mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lishadi.
Haftalik dasturidan nimalar o‘rin olgan?
- Xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar va strategik davra suhbatlari;
- Sun’iy intellekt, raqamli hukumat, fintex va yangi loyihalar taqdimoti;
- ICT Expo — zamonaviy ishlanmalar, mahsulot va xizmatlar namoyish etiladigan keng ko‘lamli ko‘rgazma.
Ro‘yxatdan o‘tishga ulguring!
Tadbirda ishtirok etish va ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul bo‘lib, rasmiy veb-sayt orqali bir necha daqiqada amalga oshiriladi:
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi
Tashrif buyuruvchilar uchun maxsus bepul avtobus (shatl) yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
Ishtirokchilar va mehmonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida tadbir o‘tkaziladigan asosiy ko‘rgazma majmuasigacha maxsus bepul avtobus qatnovlari tashkil etildi:
Shahar → CAEx
birinchi avtobus — soat 08:00 da;
keyingi avtobuslar — har soatda;
so‘nggi avtobus — soat 17:00 da.
CAEx → shahar
so‘nggi avtobus — soat 18:00 da harakatlanadi.
Shahardagi avtobuslarning jo‘nash nuqtalari:
- IT Park majmuasi / Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi;
- “O‘zbekiston” mehmonxonasi;
- Janubiy vokzal;
- “Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekati / Dog‘iston ko‘chasi.
Tarixga va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lgan 22 yillik yo‘lning yangi bosqichida biz bilan bo‘ling! Ertaga “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” maydonlarida ko‘rishguncha!
⏩ Dastur
