O‘zbekiston va Koreyaning Inha universitetlari o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
2026-09-16 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot davomida Toshkent shahridagi Inha universitetini yanada rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning Inha universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti va Janubiy Koreyaning Inha universiteti o‘rtasida 5 yillik yangi “Royalty Agreement” shartnomasi imzolandi.
Hujjat doirasida akademik dasturlarni yangilash, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma magistratura va ilmiy-tadqiqot dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, uchrashuvda universitetning Farg‘ona kampusini rivojlantirish, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, muhandislik va kosmik texnologiyalar yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, PhD dasturlari va ilmiy amaliyotlarni rivojlantirish, “Summer School” dasturini tashkil etish hamda Farg‘ona kampusining salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Ushbu kelishuvlar O‘zbekistonda zamonaviy IT-kadrlar tayyorlash, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish hamda INXA universitetining ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.




