CS:GO bo‘yicha Osiyo chempionlari munosib kutib olindi
2023-07-19 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Counter-Strike: Global Offensive kompyuter o‘yini bo‘yicha IESF Osiyo chempionati-2023 grandi g‘oliblari — TRAFFIC Tashkent Team jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi. Ushbu kutib olish jarayonidan fotolavha.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik esportchilar bu orqali 2023-yilgi Esport bo‘yicha IESF Jahon chempionatiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritishdi. Terma jamoa a’zolariga Jahon chempionatida ham omadlar tilaymiz.





