O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
2023-07-18 11:40:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston terma jamoasi Counter-Strike: Global Offensive kompyuter o‘yini bo‘yicha IESF Osiyo chempionati-2023 grand finalida Mo‘g‘ulistonni mag‘lub etdi.

Musobaqa Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi. TRAFFIC Tashkent Team (icyvl0ne, fr0k, wetfy, kanshineF, ManticorE) jamoasi ikkala xaritada ham kuchliroq bo‘lib chiqdi.
O‘zbekistonlik esporchilar 7 ming dollarga ega bo‘lib, 2023-yilgi Esport bo‘yicha IESF Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi (turnirning sovrin jamg‘armasi 100 ming dollar).


