TATU 2026/2027-o‘quv yili uchun qabulni davom ettirmoqda
2026-08-01 20:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Abituriyentlar quyidagi ta’lim shakllari bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:
- Kunduzgi ta’lim
- Masofaviy ta’lim
- Magistratura
- Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim
Davlat test sinovlari natijalari asosida zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli yo‘nalishlarda tahsil olish imkoniyati mavjud.
1–8-avgust kunlari universitetda "Open Days" (Ochiq eshiklar kunlari) tashkil etiladi.
Tashrif davomida abituriyentlar:
- ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislardan maslahat olishi;
- zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriyalar va infratuzilma bilan tanishishi;
- o‘ziga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Davlat test sinovlarida ishtirok etmagan yoki kutilgan natijaga erisha olmaganlar uchun ham xalqaro ta’lim dasturi mavjud.
Janubiy Koreyaning Kookmin universiteti bilan hamkorlikdagi Double Degree dasturi orqali talabalar 3+1 yoki 4+0 modeli asosida tahsil olib, TATU hamda Kookmin University diplomlariga ega bo‘lishlari mumkin.
Xalqaro dastur IT va Business IT yo‘nalishlarini qamrab oladi hamda bitiruvchilarga xalqaro mehnat bozorida keng imkoniyatlar yaratadi.
Batafsil ma’lumot va hujjat topshirish: apply.tuit.uz
Murojaat uchun: +998 55 055 42 42
