IOI 2026 oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-08-01 17:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov mamlakatimizda 9–16-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari, mahalliy va xalqaro murabbiylar hamda musobaqa tashkilotchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda IOI 2026ni yuqori saviyada tashkil etish, yoshlarni xalqaro musobaqaga puxta tayyorlash hamda tashkiliy jarayonlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, terma jamoa a’zolariga musobaqa oldidan samimiy tilaklar bildirilib, ularga yuksak ishonch izhor etildi. Xalqaro informatika olimpiadasi nafaqat mamlakat sharafini munosib himoya qilish, balki yosh iste’dodlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, xalqaro tajriba orttirish hamda kelgusidagi yutuqlari uchun muhim maydon ekani ta’kidlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi IOI 2026 xalqaro informatika olimpiadasi ishtirokchilariga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaydi.


