Hozirda talab yuqori bo‘lgan kasblarni bugundan egallang!
2026-06-24 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugungi kunda eng istiqbolli va yuqori daromadli yo‘nalishlar qatoriga sun’iy intellekt, data science, dasturlash, kiberxavfsizlik, biotexnologiya, raqamli iqtisodiyot va fintech kabi zamonaviy sohalar kiradi.

Aynan shunday zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2019-yilda Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida Toshkent shahridagi Amity xalqaro universiteti tashkil etilgan.
Bugungi kunda universitetda talabalar quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarda tahsil olishlari mumkin:
– Kompyuter fanlari va muhandisligi
– Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili
– Axborot texnologiyalari
– Kiberxavfsizlik va blokcheyn texnologiyalari
– Iqtisodiyot
– Biznes boshqaruvi
– Turizm boshqaruvi
Bu yo‘nalishlar nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro mehnat bozorida ham yuqori talabga ega bo‘lib, bitiruvchilarga muvaffaqiyatli karyera qurish imkoniyatini yaratadi.
Kelajagingizni bugundan yarating. Xalqaro Amity Universiteti bilan muvaffaqiyat sari qadam tashlang!
Qabul-2026 davom etmoqda.
abiturient.amity.uz
Telegram bot: @amity_admission_bot
+998712079006
