STEM WOMAN — Sun’iy intellekt imkoniyatlari barcha uchun!
2026-06-18 18:50:00 / Vazirlik yangiliklari

STEM WOMAN — AI ENABLING EVERYONE forumi sun’iy intellekt, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ushbu yo‘nalishda o‘z salohiyatini rivojlantirishni istagan qizlar va ayollarni bir maydonga jamlaydi.
Tadbirda sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishidagi xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari hamda muvaffaqiyatli ayol liderlar ishtirok etib, o‘z tajribalari, bilimlari va amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Forum davomida ishtirokchilar:
- AI va STEM sohasidagi zamonaviy tendensiyalar;
- texnologiyalar olamidagi karyera imkoniyatlari;
- innovatsiyalar va tadbirkorlik;
- professional tarmoq va hamkorliklarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Eng faol ishtirokchilar uchun IT kurslariga bepul sertifikatlar taqdim etiladi.
Sana: 19-iyun, 2026-yil - 09:00–13:00
Manzil: British Management University, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Bobur ko‘chasi, 35-uy
Format: Offline
Joylar soni cheklangan — hoziroq ro'yxatdan o'ting
Sun’iy intellekt va STEM sohasidagi yangi imkoniyatlarni kashf eting, ilhom oling va professional hamjamiyatning bir qismiga aylaning!
