“Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va АT sohasidagi imkoniyatlar” – o‘z sohasining yetakchi vakillari bilan bevosita uchrashuv va muloqot imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
2026-06-09 15:50:00 / Vazirlik yangiliklari

AT sohasiga qiziqadigan xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvda АT sohasidagi imkoniyatlar, jumladan, “Sabriya” loyihasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi grantlari va “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga ariza topshirish jarayoni hamda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur tavsiyalar haqida so‘z boradi.
Spikerlar bilan tanishing:
- Kamola Sobirova – Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi
- Gulnoza Ismailova – "El-yurt umidi" jamg'armasi ijrochi direktori
- Jahongir Akbarov – Inklyuziv loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo'limi boshlig'i
- O'g'iloy Urazova – Oila va xotin-qizlar qo'mitasining xotin-qizlar faolligi, ilm-fan va gender tenglik bo'limi boshlig'i
- Janonaxon Berdiyeva - "El-yurt umidi" jama'armas stipendiyasi sohibasi.
- Sevinch Mavlonova – "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotining sovrindori, "Yangi O'zbekiston" universiteti talabasi
Tadbir davomida ishtirokchilar:
– soha mutaxassislaridan foydali tavsiyalar va ilhomlantiruvchi tajribalarni tinglash;
– “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali grant yutib, xorijda ta’lim olgan tengdoshlarining shaxsiy tajribasi bilan tanishish;
– ta’lim, karyera va shaxsiy rivojlanish yo‘lida yangi imkoniyatlarni kashf etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, tadbir davomida interaktiv sessiya tashkil etilib, faol ishtirok etgan qatnashchilar esdalik sovrinlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sana: 12-iyun
Vaqt: 14:30
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/7WeGikFRoPXLV5vQ9
