O‘zbekistonning 12 ta jamoasi "Technovation Girls" xalqaro texnologik tanlovining yarim finaliga chiqdi
2026-06-08 21:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Quyda xalqaro yarim finalga yo‘l olgan O‘zbekistonning 12 ta jamoasi loyihalarini taqdim etamiz:

Beginner Division — 1 ta jamoa. Glow up, Toshkent.
Glow Up — qizlarga mo‘ljallangan, sun’iy intellektga asoslangan ilova. U o‘ziga ishonchni rivojlantirish, stressni boshqarish va sog‘lom odatlarni shakllantirish uchun moslashtirilgan kundalik vazifalarni taqdim etadi.
https://youtu.be/4gRgcMFKVBo?si=g4L3J2URpqf7f3KB
Junior Division — 4 ta jamoa
OrbitM (Andijon)
CardioCare sun’iy intellektli ilovasi — yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun mo‘ljallangan.
https://youtu.be/BnhUhhTjI84
Prettiest girls (Farg‘ona) Medimate sun’iy intellektli ilovasi — uy dori qutichasini boshqarish uchun.
https://youtu.be/n4v5rXv7Ipg?si=gAn2qW8V91swAaII
RM Vision (Qarshi)
Remu loyihasi — o‘zbek imo-ishora tili bilan so‘zlashuv tili o‘rtasida tarjima qiluvchi sun’iy intellekt platformasi. Imo-ishora tilini o‘rganish uchun darslar va o‘yinlar bilan to‘ldirilgan.
https://youtu.be/wganUJQNIRs?si=_T7g6shVDWwPsci7
WO-manx (Rishton)
EqualVoice — ayollarni anonim tarzda hissiy qo‘llab-quvvatlaydigan sun’iy intellektli ilova. Ilovada Farg‘ona vodiysidagi boshpanalar kabi mahalliy mutaxassislarning aloqa ma’lumotlari mavjud.
https://youtu.be/TlG3zIsa1QQ?si=bkjFexrqV4tuf80U
Senior division — 7 ta jamoa
AtlasDev (Toshkent) va YumZy — diabet, allergiya va oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslikdan aziyat chekadiganlar uchun moslashtirilgan oziq-ovqat xavfsizligi ilovasi. Shtrix-kodni skanerlash orqali xavfli ingrediyentlarni aniqlaydi va xavfsiz muqobillarini taklif qiladi.
https://youtu.be/RgIYcxtAA6o?si=ekxKw4CsleX8VUjs
Hextech girls (Andijon) va ReLink — ijtimoiy yakkalanishdagi o‘smirlarga mo‘ljallangan sun’iy intellektli ilova.
https://www.youtube.com/watch?v=004sbwdF1-Q
Lumina Team va LUMI loyihasi — notanish shaharlarda ayollar, bolalar va sayyohlar uchun xavfsiz navigatsiyani ta’minlovchi hamda ularning xavfsizligini oshirishga mo‘ljallangan mobil ilova.
https://youtu.be/6psVFkf7SWQ?si=jnRsc7V5fTZ5efBU
NextGen Sparks (Toshkent) Hunar loyihasi — ayollarga, ayniqsa, uy bekalari va qishloq ayollariga moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam beradi.
https://youtu.be/0gz9zo6BXqc?si=t1ZuFh8iFjMzvwHB
QIZ - Quality. Innovation. Zeal (Toshkent)
InsideOut loyihasi — to‘g‘ri savollar berib, moslashtirilgan hissiy yordam ko‘rsatadigan sun’iy intellektli psixologga ega ilova. Zarurat tug‘ilganda, haqiqiy mutaxassislar bilan bog‘laydi.
https://youtu.be/CTVBWXAMtRI?si=rNwNOSw0gRtwt1wi
Unique Peonies (Toshkent) ShaffofSchool loyihasi — ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga maktablar holati, korrupsiya va resurslar tanqisligi haqida real vaqt rejimida xabar berish, mansabdor shaxslarga esa hisobotlarni kuzatib borish va chora ko‘rish imkonini beradi.
https://youtu.be/mkBoPg7PLGs?si=9kEyf7lM3_NNUURC
Zenova (Namangan) va Yumify — kundalik taom tanlash va sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish uchun mo‘ljallangan sun’iy intellektli yordamchi.
https://youtu.be/bxLVHPIcggs?si=5RRIbArRMOdDKSNs
Finalga chiqqan jamoalar 2-iyul kuni
"Virtual Global Celebration" onlayn marosimida e’lon qilinadi.
