AI Alliance global maydonga chiqmoqda!
2026-06-08 15:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Sun’iy intellekt Alyansi rasman AI Alliance Network xalqaro alyansiga qo‘shildik.

AI Alliance Network - sun’iy intellekt sohasidagi eng yirik xalqaro tashkilotlardan biri bo‘lib, dunyoning 22 mamlakatida 30 dan ortiq yetakchi milliy sun’iy intellekt assotsiatsiyalari va ilmiy tadqiqot institutlarini birlashtiradi. Alyans BMT va boshqa global xalqaro hamjamiyatlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Bu mamlakatimizda sun’iy intellekt ekotizimini yanada rivojlantirishga turtki beradi.
Alyans ishtirokchilari, startap hamkorlar, ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari uchun global ekspertlar hamjamiyati va ilg‘or tajribalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini beradi.
O‘z navbatida, loyihalar uchun zarur resurslar va jahon darajasidagi ekspertizadan foydalanishga yo'l ochadi.
Maqsad O‘zbekistonni xalqaro sun’iy intellekt markazlaridan biriga aylantirishdir.
