Gaz ta’minoti yo‘nalishidagi yangi xizmatlar my.gov.uz'da!
2026-06-01 15:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Portalda quyidagi xizmatlar ishga tushirildi:
Gaz tarmoqlarida qurilish-montaj xizmatiga murojaat qilish.
Ushbu xizmatdan asosan loyiha hujjatlari asosida gaz tarmoqlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, qurilish bo'layotgan uy-joylarda gaz quvurlari joyini o'zgartirish istagi bo'lgan talabgorlar foydalanishlari mumkin.
Aholi, sanoat va kommunal-maishiy korxonalarning gaz jihozlariga profilaktik va texnik xizmat ko‘rsatish.
Mazkur xizmat orqali talabgorlar gaz plitasi (ovqat pishirish uchun), gaz pechi (isitish uchun), gaz qozoni (kotel), gaz hisoblagichi,
gaz balloni va unga ulangan moslamalarni profilkatikadan o'tkazishlari mumkin.
Profilaktik xizmat ko‘rsatishga nimalar kiradi?
- Gaz sizib chiqishini tekshirish;
- Shlang va birikmalarni ko‘rikdan o‘tkazish;
- Gorelkalarni tozalash;
- Ventilyatsiya va tutun yo‘llarini tekshirish;
- Gaz hisoblagichi va kranlarning holatini nazorat qilish.
Xizmat ko‘rsatish muddati: 9 ish kuni
Arizani to‘ldirish vaqti: 4–20 daqiqa
Xizmat narxi: shartnoma asosida
Endi murojaatlarni idoraga bormasdan, qulay va tezkor tarzda my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
