Toshkentda “Global Business Services Forum” tadbiri bo‘lib o‘tdi
2024-07-24 18:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, 24-iyul kuni xalqaro kompaniyalarga erishilgan soʻnggi yutuqlar va investitsiyaviy salohiyatni taqdim etish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park tomonidan “Global Business Services Forum” tadbiri o‘tkazildi.
“Global Business Services Forum” oʻzining xalqaro ishtirokini kengaytirish va Markaziy Osiyoda autsorsing uchun ulkan imkoniyatlarni oʻrganish istagida boʻlgan kompaniyalar uchun muhim tadbirga aylandi.
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov kirish nutqi bilan ochib berdi va IT va autsorsing sohalarini qoʻllab-quvvatlash, eksportni ragʻbatlantirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish boʻyicha davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
200 nafardan ziyod soha yetakchilari va hamkorlarni birlashtirgan mazkur tadbir nafaqat Oʻzbekistonni yetakchi autsorsing markazi sifatida, balki netvorking va qimmatli bilimlarga ega boʻlish uchun noyob imkoniyatlarni ham taqdim etdi.
Dastur doirasida AQSh va yevropalik IT Park rezidentlari, jumladan “Staffvirtual”, “TBC Bank Group PLC” va “DIONYSOS” kompaniyalari o‘zlarining O‘zbekistondagi muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda mamlakatning boshqa autsorsing yo‘nalishlariga nisbatan afzalliklarini muhokama qildilar.








