Umummilliy AI Hackathon’ning Farg‘ona bosqichiga start berildi
2026-05-21 14:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Farg‘ona shahridagi yangi IT Park majmuasida “Umummilliy AI Hackathon”ning hududiy bosqichi rasman o‘z ishini boshladi.

Mazkur xakaton yosh dasturchilar, startapchilar va sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziquvchi ishtirokchilarni birlashtirib, real muammolar uchun innovatsion AI yechimlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Bugungi dastur doirasida ishtirokchilar uchun texnik sessiyalar, tajribali mentorlar va soha ekspertlari ishtirokida amaliy seminarlar tashkil etildi. Unda yoshlarga startap loyihalarni ishlab chiqish, g‘oyalarni samarali taqdim etish hamda jamoaviy ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
AI Hackathon Farg‘ona bosqichi quyidagi 4 ta yo‘nalishda o‘tkazilmoqda:
- Ta’lim;
- Sog‘liqni saqlash;
- Tadbirkorlik;
- Kosmik texnologiyalar.
Hozirda barcha jamoalar shakllantirilgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘z loyihalari ustida ish boshladilar.




