Poytaxtdan tashqarida qurilayotgan eng katta IT Park binosini sifatli va tezroq yakunlash masalalari o‘rganildi
2024-07-21 10:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashrifi doirasida Nukus shahrida qurilayotgan IT Park binosi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Ta’kidlash lozimki, Respublika hududlari orasidagi IT Park binolarining eng kattasi aynan Nukus shahrida barpo etilmoqda.
Vazir qurilish jarayoni bilan tanishish davomida IT korxonalarga qulay muhit yaratish, bino qurilish ishlari yakunlangandan keyin, eng avvalo, ishlarni tizimli amalga oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida IT eksport hajmini oshirish, yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, BPO va KPO xizmatlar yo‘nalishida markazlar faoliyatini ham tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Hududda yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitishga mo‘ljallangan IT-o‘quv kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutgan. Ushbu o‘quv markazlari Qoraqalpog‘iston yoshlarini zamonaviy va chet tillarni o‘rgatish orqali va yuqori daromadli kasblarni o‘rgatishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
O‘z navbatida, qurilayotgan obyektlarda ishlarni jadallashtirish va ularning sifatli qurilishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.



