Toshkentda generativ sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyaga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
2026-05-13 12:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab konferensiya doirasida generativ sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim, sanoat, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimlariga joriy etish, raqamli transformatsiya jarayonlarining dolzarb masalalari hamda zamonaviy texnologiyalarning amaliy ahamiyati yuzasidan ilmiy muhokamalar olib borildi.
huningdek, mamlakatimizdagi yetakchi davlat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda texnologik kompaniyalar rahbar va mutaxassislari tomonidan sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida muhim tashabbus va takliflar ilgari surildi.
Anjuman Toshkent amaliy fanlar universiteti tashabbusi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hamda qator nufuzli oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur xalqaro konferensiya ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar integratsiyasini rivojlantirish, generativ sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda mamlakatimizda innovatsion ekotizimni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-amaliy platforma bo‘ldi.



