Umummilliy AI Hackathon endi Farg‘onada!
2026-05-13 09:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Aziz yoshlar, dasturchilar, startapchilar va sun’iy intellekt ixlosmandlari! 20–23-may kunlari Farg‘ona shahrida “National AI Hackathon”ning navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar jamoalari bilan birgalikda real muammolar uchun sun’iy intellektga asoslangan innovatsion yechimlar ishlab chiqish, tajribali mentorlar bilan ishlash hamda loyihalarini ekspertlar oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sizni nima kutmoqda?
- Eng yaxshi jamoalar uchun yangi imkoniyatlar;
- Kuchli mentorlar bilan ishlash tajribasi;
- Loyihalarni keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyati!
Farg‘ona bosqichi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- Sog‘liqni saqlash;
- Ta’lim;
- Tadbirkorlik;
- Kosmik texnologiyalar.
Ishtirok etish shartlari:
— 16 yosh va undan yuqori bo‘lish;
— pasport yoki ID-karta mavjud bo‘lishi;
— Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun ochiq.
Ro‘yxatdan o‘tish: ai-hackathon.uz
Tadbir manzili: IT Park Farg'ona
