Oliy ma’lumoti yo‘q, ammo 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar diqqatiga!
2026-05-12 12:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berish jarayoni boshlandi.
Asosiy talablar:
- o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lish;
- mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish;
- oliy ma’lumotga ega bo‘lmaslik (bakalavr diplomi mavjud bo‘lmasligi).
Mazkur imkoniyat nima beradi?
- Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun davlat OTMlariga alohida 500 ta kvota ajratiladi.
- Nomzodlar belgilangan tartibda imtihon topshiradi va eng yuqori natija qayd etgan 500 nafar xotin-qiz talabalikka tavsiya etiladi.
Muhim:
- Arizalar 1-iyunga qadar qabul qilinadi;
- tavsiyanoma 3 yil muddatga amal qiladi;
- imtiyozdan faqat bir marotaba foydalanish mumkin;
- ushbu tartib xorijiy, nodavlat va harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Arizani ortiqcha ovvoragarchiliksiz my.gov.uz portali orqali onlayn topshirishingiz mumkin.
Xizmat havolasi: https://my.gov.uz/uz/service/1433
Oliy ta’lim olish va o‘z kasbiy salohiyatingizni yanada rivojlantirish imkoniyatidan foydalaning!
