Vazir ingliz tiliga ixtisoslashgan “Registon” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishib, unda IT-ta’lim yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi
2024-07-13 12:35:00 / Vazirlik yangiliklari

“Registon” ta’lim markazi 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Respublika bo‘ylab 30 dan ortiq filialga ega.
Ta’lim markazining asosiy faoliyati abituriyentlarni OTMlarga tayyorlash va yoshlarga chet tillaridan ta’lim berib, ularni yuqori natijaga olib chiqish hisoblanadi.
Hozirgi kunga qadar “Registon” o‘quv markazida 80 mingdan ziyod yoshlar ta’lim olishgan.
Farg‘onada ilk bor o‘quv markaz filiali 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 4 mingdan ortiq yoshlar o‘qimoqda.
Uchrashuvda Vazir tomonidan ushbu ta’lim markazi faoliyatini yanada rivojlantirish, IT sohasida o‘quv kurslarini ham yo‘lga qo‘yish kelajakda yaxshi natijalarga olib kelishi, shuningdek, IT Park rezidentligiga a’zo bo‘lgan holda rezidentlar uchun beriladigan imkoniyat va imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha takliflarni bildirib o‘tdi.



