“Yosh muhandis” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2026-05-04 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilning 28-fevralidan boshlangan musobaqada 14–20 yoshdagi o‘quvchilar va talabalardan iborat 133 ta jamoa 150 ga yaqin muhandislik ishlanmasi bilan ishtirok etdi. Yakunda eng munosib deb topilgan loyihalar final bosqichida baholandi.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin
- Robototexnika Reactive_uz (Qashqadaryo),
- SunD3nova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
2-o‘rin
Robbit Kids (Qashqadaryo)
3-o‘rin
TUIT Robotics (Toshkent)
Shuningdek, eng innovatsion loyiha muallifi — Abrorbek Bahodirov, eng istiqbolli yosh muhandislar esa Sehriyo team jamoasi deb topildi. Ular Turkiyaning Izmir shahridagi yozgi kosmik lagerga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mazkur tanlov yoshlarning muhandislik salohiyati, ijodkorligi va amaliy yechimlar yaratish ko‘nikmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Tanlov Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Uzcosmos agentligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Skillbox kompaniyasi hamkorligida o‘tkazildi.








