"Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi "Milliy tanlov" g'oliblari tantanali taqdirlanib, “Eng faol maktab” yoʻnalishidagi gʻolib 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bosh sovrin “Prezident sovgʻasi” elektromobil topshirildi
2026-05-02 15:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir yoshlarni mamlakatimizning asosiy boyligi sifatida e'tirof etgan Prezidentimiz tashabbuslari haqida gapirar ekan, qisqa vaqt ichida O'zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida erishilgan ulkan o'zgarishlarni qayd etdi.
Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zozxon Karimova va Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ishtirok etdi.
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini oshirish va global raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
2025-yil noyabr oyida davlatimiz rahbari tomonidan start berilgan ushbu loyihada hozirgi kunga qadar 1 mln nafarga yaqin yoshlar ta’lim olishdi. Aileaders.uz platformasida xalqaro ta’lim platformalariga tegishli 100 ga yaqin bepul kurslar joylashtirilgan bo‘lib, ular orasida Coursera, Oracle, Huawei, Apolitical, Eoppiva kabi yirik kompaniyalarning sun’iy intellekt va IT ga doir kurslari mavjud. E’tiborli jihati ushbu kurslarning 3000 taga yaqini o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.
Loyiha doirasidagi “Milliy tanlov”da 500 ga yaqin maktab, 45 ta oliy ta’lim muassasalari va 10 minga yaqin yoshlar va ularning ustozlari faol qatnashdi.
“Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida
2025-yilning 28-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Xalqaro sun’iy intellekt forumi”da “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi.
Loyihada aholi va yoshlarning sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirish uchun aileaders.uz platformasi ishga tushirildi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida “Milliy tanlov”ni o‘tkazish hamda unda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ta’lim tashkilotlarni rag‘batlantirish belgilangan.
2025-yilda “Bir million dasturchi” hamda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihalari 640 mingdan ortiq ishtirokchilar ta’lim olib, sertifikatlarni olishdi.
2025-yil natijalarga koʻra eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar “Milliy tanlov”ning quyidagi yoʻnalishlari bo‘yicha gʻolib deb topildi.
“Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” yoʻnalishida gʻolib deb topildi hamda ularga quyidagi pul mukofotlari taqdim etiladi.
• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 mln soʻm,
• Buxoro davlat texnika universiteti — 50 mln soʻm,
• Buxoro davlat universiteti — 25 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
“Eng faol ishtirokchi” yoʻnalishidagi gʻoliblar aniqlandi. Ushbu yoʻnalishda 705 ta oʻquvchi, 116 ta talaba va 9 nafar yoshlar gʻolib deb topildi. Ularga noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho texnikalar topshirildi.
“Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” yoʻnalishida 107 nafar gʻolib aniqlandi. Ularning 97 nafariga $1000 miqdorida bir martalik pul mukofoti berildi.
10 nafar informatika fani oʻqituvchisi esa xorijga safar yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi:
“Eng faol maktab” yoʻnalishida ham gʻoliblar aniqlanib, “Milliy tanlov” doirasida eng faol ishtirok etgan, Xorazm viloyati Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 13-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktablariga bosh sovrin “Prezident sovgʻasi” elektromobil topshirildi.









