O‘quv markazlari va o‘qituvchilarni hamkorlikka chaqiramiz: bilim va hunar o‘rgatish orqali mahkumlar kelajagini o‘zgartiring!
2026-04-23 19:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Loyihaning asosiy maqsadi:
Yosh mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish, ozodlikka chiqqanidan keyin munosib ish topishiga ko‘maklashish, mustaqil hayotga tayyorlash hamda qayta jinoyat sodir etishining oldini olishdan iborat.
Taklifimiz kimlar uchun?
O‘quv markazlari hamda individual shartnoma asosida ishlashga tayyor o‘qituvchilar uchun. Agar jazoni ijro etish muassasalaridagi mahkumlarga zamonaviy va raqamli kasblarni o‘rgatishga tayyor bo‘lsangiz, takliflaringizni quyidagi shakl orqali yuboring: HAVOLA
Eslatma:
- birinchi bosqichda mashg‘ulotlar Toshkent, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalarining o‘zida tashkil etiladi.
Unutmang! Siz o‘rgatadigan kasb-hunar kimlarningdir hayoti to‘g‘ri yo‘lga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin!
