TATUda magistratura bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi o‘tkazildi
2024-07-05 14:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi va bitiruvchilarni tabrikladi.
Vazir ularga esdalik yorliqlarini tantanali topshirdi hamda ularning kelgusidagi ishlariga, shuningdek, kelajakda yurtimiz rivoji uchun foydasi tegadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishini, bilim olishdan to‘xtamasliklarini, IT sohasini yangi bosqichga olib chiqishda tayanch bo‘lishlarida muvaffaqiyat tiladi.
2023/2024-o‘quv yilida 1 bosqichda 25 ta mutaxassislik bo‘yicha 98 nafar, 2 bosqichda (qishki qabul) 26 ta mutaxassislik bo‘yicha 74 nafar va 2 bosqichda (kuzgi qabul) 20 ta mutaxassislik bo‘yicha 71 nafar magistratura talabalari tahsil oldi.
Shuningdek, joriy o‘quv yilida universitet magistraturasini 20 ta mutaxassislik bo‘yicha kuzgi semestrda qabul qilingan jami 71 nafar (shundan 5 nafari qo‘shma ta’lim) talabalar muvaffaqiyatli bitirib, magistr darajasini oldilar.
Avstriyaning Klagenfurt universiteti (THE 501-600 o‘rin) bilan yo‘lga qo‘yilgan magistratura 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olgan 5 nafar talaba magistratura dissertatsiyasini mufavvaqiyatli himoya qilib TATU va Klagenfurt universitetining diplomlariga ega bo‘ldilar.









