Yangi qulaylik!
2026-04-21 12:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Endi mobil raqamni qayta rasmiylashtirish uchun mobil aloqa ofislariga bormasdan onlayn amalga oshiring!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da mobil aloqa foydalanuvchilari uchun yana bir qulaylik yo’lga qo’yildi. Endi mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn rasmiylashtirish mumkin.
Avvallari raqam egasini o‘zgartirish uchun har ikki tomon (sotuvchi va oluvchi) aloqa operatori markaziga shaxsan borishi, navbat kutishi va hujjatlar imzolashi talab etilardi. Endi bu jarayon raqamlashtirildi.
Raqamli imkoniyatlardan foydalanib, vaqtingiz va naqdingizni tejang!

