Bepul til kurslari orqali global imkoniyatlarga yo‘l oching
2026-04-13 14:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan tashabbusi bilan, Jahon banki ko‘magida Language, Skills & Digital Inclusion dasturi ishga tushirildi.

Dastur yoshlarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash va ITES sohasida ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
— Farg‘ona — Koreys tili
Nomzodlarga talablar:
Yosh: 18–30
Til darajalari: A1/A2/B1
Sizni kutmoqda:
— xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik
— amaliy til ko‘nikmalari
— CV, LinkedIn va intervyu tayyorgarligi
Bepul ta'lim
Arizalar qabuli: 20-maygacha (Joylar soni cheklangan)
