Toshkent shahridagi Inha Universitetida “Job Fair 2026” bo‘lib o‘tdi
2026-04-08 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur tadbir bahor mavsumining eng yirik karyera maydonlaridan biriga aylanib, unda 80 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi. Ular orasida Huawei, Click, Uzinfocom, Uzcard, IT Park, Lactalis, Akfa, Deloitte, Sarkor Telecom, Cyberpark, Unicon, Fido Biznes kabi yetakchi tashkilotlar, shuningdek axborot texnologiyalari, moliya, telekommunikatsiya va sanoat sohalarining boshqa ko‘plab vakillari bor.
Tadbirning bosh homiylari sifatida Lactalis, Vention, Fido Biznes, Huawei va Yandex kompaniyalari ishtirok etib, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishga hissa qo‘shdi.
Yarmarkaga 1 500 dan ortiq ishtirokchi tashrif buyurdi. Ular orasida Inha universiteti talabalari bilan bir qatorda Toshkent shahridagi boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari ham faol qatnashdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar HR mutaxassislari va rekruterlar bilan bevosita muloqot qilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va karyera rivoji imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar hamda o‘z rezyumelarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilarga topshirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, dastur doirasida universitet va hamkorlar tomonidan sovrinli o‘yinlar tashkil etilib, tadbirga yanada interaktiv va bayramona ruh bag‘ishlandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha Universitetida hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://inha.uz/?utm_source=afisha&utm_campaign=afisha
Hujjatlar qabuli: 10-aprelgacha
Telefon: 71 289 99 94
Telegram: @admissioniut | @askinhabot








