“Raqamli mahalla” sari muhim qadam: Quvasoyda o‘quv seminari tashkil etildi
2026-04-07 19:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Seminarning asosiy e’tibori “Raqamli mahalla” platformasining imkoniyatlari, qulayliklari hamda undan samarali foydalanish masalalariga qaratildi. Mutaxassislar tomonidan platformaning funksional jihatlari, aholi bilan ishlashda uning ahamiyati, ma’lumotlar bazasini yuritish, murojaatlar bilan ishlash va xizmatlar sifatini oshirishdagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar. Amaliy ko‘rsatmalar orqali platformadan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar yanada mustahkamlandi.
Mazkur seminar mahalla tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.









