Shahar transportida bepul yurish huquqini beruvchi kartani onlayn oling!
2026-04-07 12:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Endi imtiyozli transport kartasini olish uchun navbatlarda turish yoki idoralarga borish shart emas. My.gov.uz orqali atigi bir necha daqiqada ariza topshiring va karta uyingizga yetkaziladi!

Buning uchun:
- my.gov.uz portaliga kiring
- “Shahar yo‘lovchi transporti imtiyozli kartasini olish” (https://my.gov.uz/uz/service/676) xizmatini tanlang.
- Birinchi marta olishingizmi yoki yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelganiga qarab — tegishli tugmani bosing.
- Manzil ma’lumotlaringizni aniq ko‘rsating.
- Imtiyoz huquqini beruvchi ijtimoiy toifangizni (urush qatnashchisi, nogironligi bo‘lgan shaxs, yolg‘iz keksa va h.k.) belgilang va arizani yuboring.
Ariza ko‘rib chiqilgach, 2 ish kuni ichida imtiyozli transport kartangiz pochta xizmati orqali uyingizga yetkazib beriladi.
Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish orqali vaqtingiz va naqdingizni tejang!
