21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami!
2026-03-21 07:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Navro‘z – bu tabiatning uyg‘onishi bilan birga inson qalbida ham yangi umidlar, ezgu niyatlar va buyuk maqsadlar kurtak otadigan qutlug‘ ayyomdir. Ushbu bayram xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlari, bag‘rikenglik va mehr-oqibat an’analarini o‘zida mujassam etadi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib, jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallamoqda. Vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ham aynan insonlar hayotini yengillashtirish, yangi imkoniyatlar yaratish va kelajakni yanada barqaror qurishga xizmat qilmoqda. Navro‘zning yangilanish ruhi ushbu sa’y-harakatlarga yanada kuch bag‘ishlaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka va barcha ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
