Nufuzli stipendiyalar sohiblari taqdirlandi
2026-03-14 20:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir davomida vazir g‘oliblarning o‘qish va ilmiy-ijodiy faoliyatdagi yuqori natijalarini alohida e’tirof etib, bunday yutuqlar izchil mehnat va qat’iyat samarasini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Shuningdek, vazir Davlatimiz Rahbari tomonidan yoshlar ta’limi va iste’dodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor hamda yaratilayotgan imkoniyatlar bunday natijalarga xizmat qilayotganini qayd etdi.
Vazir raqamli texnologiyalar sohasi bugun iqtisodiyot, ta’lim, davlat boshqaruvi va kundalik hayotning barcha yo‘nalishlarida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlab, yoshlarga kelgusida ham yanada katta marralarni zabt etish tilagini bildirdi.
Taqdirlangan stipendiatlar ro‘yxati quyidagicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari:
- Bazarov Sarvar Azamat o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent shahridagi INHA universiteti
- Uroqov Dostonbek Zarif o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohiblari:
- Istamov Mirjahon Mo‘minjon o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Qarshiboyev Jaxongir O‘rol o‘g‘li — 3-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
- Ziyodov Abduaziz Xurshidovich — 4-kurs, Toshkent shahridagi INHA universiteti
- Rixsixo‘jayev Ibrohimxo‘ja Xurshidxo‘ja o‘g‘li — 3-kurs, Toshkent shahridagi Amity universiteti
Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohiblari:
- Akbarov Alimurod Aziz o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Davranov Mirziyod Jaloliddin o‘g‘li — 4-kurs, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan 44 nafar talaba va o‘quvchi ham tantanali taqdirlandi. Mazkur stipendiyalar yoshlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, AT sohasidagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish hamda raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.









