Kelajakdagi muhandislarni Yosh Muhandis respublika musobaqasida o‘z salohiyatingizni namoyon etishga taklif etamiz
2026-03-03 16:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Musobaqa doirasida siz robototexnika loyihalari, muhandislik ishlanmalari va dasturiy yechimlar bilan ishtirok etishingiz mumkin. Shuningdek, tajribali mutaxassislar oldida o‘z loyihangizni himoya qilish, savollarga javob berish va amaliy yechimlarni taqdim etish imkoniyati yaratiladi.
Eng yaxshi loyihalar homiylar, ilmiy markazlar va innovatsion dasturlarda qo‘llab-quvvatlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17
Ma’lumot uchun: +998 91 693 43 94









