Navoiy viloyatida xotin-qizlarni AT sohasiga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi
2026-02-28 13:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida hududda xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Navoiy viloyatida xotin-qizlarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni zamonaviy AT mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish tizimini kengaytirish hamda kelgusida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tashrif doirasida axborot texnologiyalari yo‘nalishida startap loyihalar ustida ish olib borayotgan xotin-qizlarning taqdimotlari tinglandi.
Ochiq muloqot davomida ilgari surilgan g‘oyalarni yanada takomillashtirish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan vazir maslahatchisi tomonidan tegishli ko‘rsatma va amaliy tavsiyalar berildi.








