“Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi – 2026” mavsumiga tantanali start berildi
2026-02-21 16:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan “Jamoaviy sport turlari” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida 5-marotaba o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va Paralimpiadasi” loyihalarining 2026-yilgi mavsumi tantanali ravishda ochildi.A

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansur Olloyorov, Sport vaziri Adham Ikramov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zozxon Karimova, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Jahongir Jo‘rayev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlar agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda viloyat studiyalaridan mahalla yettiligi, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning avvalgi mavsum g‘olib va sovrindorlari, yoshlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, taniqli sportchilar va madaniyat xodimlari, shuningdek, hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari faol qatnashdi.






