Harbiy sohaga qabul davom etmoqda: my.gov.uz orqali onlayn ariza topshiring
2026-02-17 09:25:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida xizmat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Hozirda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda:
- Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat (Ofitserlik lavozimlariga)
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar Qurolli kuchlar safida ofitser sifatida xizmat qilish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.
Muddati: 28-fevralga qadar.
Topshirish tartibi: My.gov.uz portali orqali onlayn.
Xizmat nomi: Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish uchun ariza berish.
Eslatma: Ofitserlik lavozimiga faqat oliy ma’lumotli nomzodlar ko‘rib chiqiladi.
My.gov.uz orqali ariza topshirish tartibi bilan tanishing: youtube.com/watch?v=-vr-wDcv-WY&feature=youtu.be
Vatan himoyachisi bo'lish — mas’uliyatli va sharafli kasb!
