“Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” DM Sun’iy intellekt Alyansi ishtirokchisiga aylandi
2026-02-13 14:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Kadrlar salohiyatini oshirish — treninglar, seminarlar hamda texnik workshoplar tashkil etish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning bilim-ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Amaliy yechimlarni joriy etish — davlat va xususiy sektor ehtiyojlari uchun sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish, pilot loyihalarni amalga oshirish va raqamli xizmatlar samaradorligini oshirish;
Xakatonlar va innovatsion tanlovlar tashkil etish — yosh mutaxassislar va startaplar uchun ochiq innovatsion maydon yaratish, iqtidorli kadrlarni aniqlash hamda ularning g‘oyalarini real loyihalarga tatbiq etish;
R&D (Research & Development) yo‘nalishida qo‘shma tashabbuslar — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yangi ishlanmalarni yaratish va ilmiy tadqiqotlarni iqtisodiyotning real sektori talablari bilan uyg‘unlashtirish.


