Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar
2026-02-13 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 18-fevral kuni soat 11:00 da Andijon viloyati Marhamat tumani "Ming Tepa" MFYda Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yigʻilishi oʻtkaziladi. Sizni mazkur yigʻilishga taklif etamiz!

Yig’ilishda quyidagi masalalar yuzasidan oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- Internet xizmati;
- Mobil aloqa;
- Telekommunikatsiya;
- Pochta xizmati;
- AT ta’lim va AT yo‘nalishidagi o’quv markazlari faoliyati;
- IT Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
- AT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
- Sun’iy intellekt.
Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Sayyor qabul manzili:
Andijon viloyati, Marhamat tumani "Ming Tepa" MYF Boburshoh ko'chasi 42-uy. Tuman hokimligi majlislar zali
Murojaat uchun telefon:
+998 74 226-22-90
