My.gov.uz orqali sug‘urta polislarini masofadan rasmiylashtirish imkoniyati kengaytirildi
2026-02-06 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Endilikda fuqarolar sug‘urta polislarini rasmiylashtirish uchun sug‘urta kompaniyalari ofislariga borib vaqt sarflamasdan, “Alskom Sug'urta Kompaniyasi" sug‘urta polislarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali masofadan turib, tez va qulay tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.

Hozirda portal orqali quyidagi sug‘urta polislarini onlayn rasmiylashtirish mumkin:
- “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish'” (ОСАГО)
- “Baxtsiz hodisalardan yakka tartibda sug'urta qilish”
- “Sportchilarni sug'urta qilish”
- “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta gilish”
- “Chet elga chiquvchilarni baxtsiz hodisadan sug'urta qilish”
- “Gaz qurilmasi o'rnatilgan avtotransport vositasini sug'urta qilish”
- “Avtomobillarni kompleks sug'urta qilish”
- “Hujjatlarni sug'urta qilish”
- “Ixtiyoriy tibbiy sug'urta”
- “Ko'chmas mulk sug'urtasi”
Batafsil ma'lumot: +998 71 201 11 00
