“Network Readiness Index–2025” reytingida O‘zbekiston 9 pog‘onaga yuqoriladi
2026-02-04 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur natija mamlakatda raqamli transformatsiya jarayonlari tizimli va barqaror amalga oshirilayotganini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida salmoqli ilgarilash kuzatilayotganini yaqqol namoyon etmoqda.
Reytingning jahon miqyosidagi yetakchi mamlakatlari sifatida AQSh, Finlyandiya, Singapur, Daniya va Shvesiya qayd etilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning “Network Readiness Index” ko‘rsatkichlari izchil o‘sib bormoqda. Mamlakat 2024-yilda 81-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 72-o‘ringa ko‘tarildi.
Bu esa mamlakatda:
– raqamli infratuzilmaning rivojlanishi,
– elektron davlat xizmatlarining kengayishi,
– aholi va biznesda raqamli ko‘nikmalarning ortishi,
– IT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
