Raqamli transformatsiya: 2025-yilda nechta haydovchi ortiqcha ovoragarchilikdan qutuldi?
2026-02-04 15:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Tahlillarga ko‘ra, haydovchilar orasida my.gov.uz orqali eng ko‘p foydalanilgan xizmat elektron ishonchnoma rasmiylashtirish bo‘ldi. 1,4 mln dan ortiq ishonchnoma masofadan tasdiqlandi.

Bu ko‘rsatkich notarial idoralardagi navbatlarning kamayishiga va fuqarolarning vaqti tejalishiga bevosita xizmat qildi.
Xizmatlar kesimidagi statistika:
1,4 + mln — elektron ishonchnoma rasmiylashtirildi.
375,4 + ming — yo'lovchi va yuk tashishga litsenziya.
333,7 + ming — oynalar tusini o'zgartirishga ruxsatnoma olindi.
132,3 + ming — sug‘urta polisi rasmiylashtirildi.
19,6 + ming — gaz uskunasi o‘rnatishga ruxsat olindi.
16,9 + ming — reklama pasporti rasmiylashdi.
11,1 + ming — haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirildi.
Bugun sohadagi davlat xizmatlarining onlaynga ko‘chishi korrupsion xavflarni kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
