Hurmatli Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari!
2026-01-28 11:40:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘tgan 34 yil davomida Davlat feldyegerlik xizmati davlatimiz xavfsizligi va barqaror faoliyatini ta’minlashda muhim va mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan ado etib kelmoqda. Mazkur xizmat har bir topshiriqda aniqlik, maxfiylik va ishonchlilik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda, davlat boshqaruvi tizimining ajralmas bo‘g‘iniga aylangan.
Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda ham Davlat feldyegerlik xizmati o‘ziga xos betakror o‘rni, yuqori mas’uliyat va sadoqatga asoslangan faoliyati bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz davlat manfaatlari yo‘lida xizmat qilayotgan fidoyilik maktabidir.
Hurmatli xizmat xodimlari! Sizlarga mustahkam sog‘liq, xizmat faoliyatingizda yuksak natijalar, oilalaringizga tinchlik va farovonlik, Vatan ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Davlat feldyegerlik xizmati tashkil topgan kun muborak bo‘lsin!
