Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar
2026-01-28 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yil 30-yanvar kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universitetining 5-qavat zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkaziladi. Sizni mazkur yig‘ilishga taklif etamiz!

Bu yig‘ilishda quyidagi masalalar yuzasidan o‘z savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- IT ta’lim va IT yo‘nalishidagi o‘quv markazlari faoliyati;
- IT-Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
- IT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
- Sun’iy intellekt.
- Internet xizmati;
- Mobil aloqa;
- Telekommunikatsiya;
- Pochta xizmati;
Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Yig‘ilish tafsilotlari:
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universiteti binosi
Vaqt: 2026-yil, 30-yanvar, soat 15:00
