Kadastr pasportini onlayn rasmiylashtiring!
2026-01-16 16:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Hozirgi kunda kadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatlarda turmasdan onlayn rasmiylashtirish mumkin.

Buning uchun:
- my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
- “Kadastr” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
- kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qoʻl ostimizda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.
Murojaat koʻrib chiqilgach, talabgorga my.gov.uz orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi.
Ko'chmas mulk va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog'liq boshqa xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/spheres/2#132
