Pensionerlar uchun yangi qulaylik!
2026-01-22 10:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Pensiyani naqd pulda olish uchun endi navbat kutish shart emas!

Pensiya jamgʻarmasi va My.gov.uz jamoasidan navbatdagi yengillik: Endi pensiyani bank kartasidan naqd shaklga oʻtkazish uchun Pensiya jamgʻarmasiga borish shart emas. Buni uyda oʻtirgan holda hal qilish mumkin.
Ariza topshirish mutlaqo bepul.
Hoziroq:
my.gov.uz portaliga kiring;
“Pensiya toʻlovini naqd pul shakliga oʻtkazish” xizmatini tanlang;
Kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, arizani yuboring.
