“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi
2026-01-20 13:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Mentorlikka talablar:
Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi;
Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba;
Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
Frontend Development – Veb-interfeyslarni yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan HTML, CSS, JavaScript, shuningdek, React, Angular yoki Vue.js kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. Git, Webpack, Babel va turli brauzerlarda ishlash amaliyoti. UI/UX dizayn prinsiplari, responsiv dizayn va web-sayt performansini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tajriba.
Backend Development – Server-tomonini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan, Python (Django, Flask), Node.js (Express), Java (Spring) yoki PHP (Laravel) kabi texnologiyalar bilan ishlash tajribasi. API yaratish, ma'lumotlar bazalari (SQL, NoSQL), serverlar (Apache, Nginx) va bulutli platformalar (AWS, Google Cloud, Azure) bilan ishlash. Shuningdek, xavfsizlik va server arxitekturasi bo‘yicha amaliy tajriba.
Android Development – Android ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Java yoki Kotlin dasturlash tillari, Android Studio va Gradle bilan ishlash tajribasi. UI/UX dizayn, Material Design, ma'lumotlar bazasi (SQLite) va mobil ilovalarning performansi bo‘yicha amaliy tajriba. Firebase va turli APIlar bilan integratsiya qilish.
iOS Development – iOS ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Swift yoki Objective-C dasturlash tillari, Xcode va Cocoa Touch freymvorki bilan ishlash tajribasi. SwiftUI yoki UIKit, ma'lumotlar bazasi, RESTful APIlar va ilovalarni Apple App Store'ga joylash amaliyoti.
Cross-platform Mobile Development – Bir nechta platforma (iOS va Android) uchun ilova yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Flutter (Dart) yoki React Native (JavaScript) kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. State management, native funksiyalarga murojaat qilish va Firebase bilan ishlash amaliyoti.
Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
- O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
- Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati;
- Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
- Tahliliy ko‘nikmalar.
Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.
Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/oL2TqpPWjyQWm7317
