Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi Ohangaronda ko‘chat ekish aksiyasini o‘tkazdi
2025-11-25 19:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi ekologik mas’uliyatni oshirish hamda yashil muhitni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar doirasida ko‘chat o‘tqazish bo‘yicha hashar tashkil etdi.
Mazkur tadbir Ohangaron tumani hududida bo‘lib o‘tdi va unda vazirlikning ko‘plab xodimlari faol ishtirok etdi. Hashar davomida atrof-muhitni yaxshilash va hududni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 200 dan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi. Shu bilan birga, hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni tartibga keltirish, chiqindilarni tozalash hamda umumiy ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.
Mazkur tashabbus ekologiyani muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda aholi uchun qulay va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi kelgusida ham barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan bunday tadbirlarni muntazam ravishda davom ettirishni rejalashtirmoqda.



