Jahon bankining Raqamli global amaliyotni rivojlantirish direktori bilan hamkorlik loyihalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2024-05-16 09:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda hamkorlik ishlarini davom ettirish, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Raqamli inklyuzivlik loyihasining ishga tushirilishi Jahon banki bilan kelgusidagi hamkorlik loyihalarining davom ettirilishi uchun muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, IT kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi va IT Park hududida joriy etilgan maxsus soliq imtiyozlar tizimining imkoniyatlariga alohida urg‘u berildi.
Bu borada IT sohadagi yirik xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish uchun Jahon banki imkoniyatlaridan foydalanish va bu orqali IT xizmatlar eksporti hajmini bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yurtimizda barcha sohalarni IT bilan qamrab olishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Jahon bankining Raqamli global amaliyotni rivojlantirish direktori O‘zbekistonda raqamli transformatsiyalash jarayonlarining borishini yuqori baholadi.
Ta’kidlanganidek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish orqali ularning bandligini oshirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish – vazirlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Shuni hisobga olgan holda uchrashuvda ITES ( axborot texnologiyalariga asoslangan xizmatlar) sohasi bozorida yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishidagi loyihalarni yanada kengaytirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.





